O'quv-amaliy kurslariga jalb etilgan xodimlar ishtirokida seminar-treninglar o'tkazildi
Farg'ona viloyati IIB Maʻnaviy-maʻrifiy ishlar va kadrlar bilan taʻminlash xizmati tomonidan Sharqiy-harbiy okrug harbiy qismi bazasida tashkil etilgan o'quv-amaliy kurslariga jalb etilgan huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo'l-patrul va patrul-post xizmati xodimlari uchun seminar tashkil qilindi.
Seminarda Maʻnaviy-maʻrifiy ishlar va kadrlar bilan taʻminlash xizmati boshlig'i o'rinbosari, podpolkovnik A.Fozilxo'jaev hamda bosh psixologi mayor J.Ernazarov tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi 10-sonli Qarori hamda “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi”ning mazmun-mohiyati haqida atroflicha so'z yuritildi.
Shuningdek, bosh psixolog tomonidan “Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida kasbiy muloqotning ahamiyatli jihatlari” mavzusida amaliy-trening ham o'tkazildi.
Trening davomida ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolar bilan o'zaro muloqotga kirishganda, shuningdek, ziddiyatli holatlarda nimalarga eʻtibor qaratishi zarurligi hayotiy misollar orqali tushuntirildi.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati.