Xonadonida koʻknori parvarish qilayotgan shaxs qoʻlga olindi
Fargʻona shahri: Joriy yilning 11-iyun kuni, Fargʻona shahar IIO FMB, JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, shaharning Doʻstlik koʻchasida yashovchi fuqaro A.T ning xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 109 tup koʻknori oʻsimligini parvarishlab kelayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati