28 May 2025 yil
2413
Qo‘qon shahar IIB Probatsiya bo‘limi hisobida turgan shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i hamda shahar Prokurori tomonidan Qo‘qon shahar IIB Probatsiya bo‘limida jazo muddatini o‘tayotgan nazoratdagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning mavjud muammolari tinglandi.
Nazoratdagi shaxslar bilan kelgusida qayta jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etmasliklari to‘g‘risida profilaktik suxbat o‘tkazilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati