31 Oktyabr 2022 yil 607

Omonatni yetkazmay aldagan shaxs javobgarlikka tortildi

Fargʻona shahar. 12-oktabr kuni S.Sh Fargʻona xalqaro “Aeroporti” oldida Q.N.ning ishonchiga kirib, hozirda Rossiya Federatsiyasi Sank-Peterburg shahrida boʻlgan qarindoshiga 14.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarini berib qoʻyishligini aytib, pullarini olib, firibgarlik yoʻli bilan pullarni qoʻlga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech