24 Dekabr 2021 yil 264

Oltiariq va Qoʻshtepa tumanlarida qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi

23-dekabr kuni Oltiariq tumani IIB MvaFRB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan M.O.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Qoʻshtepa tumani IIB MvaFRB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan V.I.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech