3 May 2023 yil
363
Oltiariq tumanida “Marixuana” giyohvandlik moddalarini yonida saqlab ketayotgan gumondor aniqlandi
Oltiariq tumani. 2023-yilning 25-aprel kuni, tuman IIB TQX TQKG xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Toshkent mahalla hududida yashovchi U.I.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadonida “Marixuana” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati