Oltiariq tumanidan xonadondan 19.500.000 soʻmlik tilla taqinchoqlarni oʻgʻirlagan shaxs topildi
Oltiariq tumani. Fayziobod mahallasida yashovchi fuqaro M.Z IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 19-avgust kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidan jami narxi 19.500.000 soʻmlik bilakuzuk,
1 dona tilla uzuk, 1 dona kumush sirgʻa va 1 dona kumush uzuklarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni T.X sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati