25 Yanvar 2023 yil 351

Oltiariq tumanida xonadonida “ogʻu” saqlagan shaxs fosh boʻldi

Oltiariq tumani. 09-yanvar kuni tuman IIB TEQKG xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Gʻayrat mahalla hududida D.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadoni tandirxonasi devor qismida bir dona qogʻoz boʻlagiga oʻralgan, quritilgan holdagi “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech