15 Iyun 2022 yil 401

Oltiariq tumanida xonadonga oʻgʻirlikka tushgan shaxs qoʻlga tushdi

Oltiariq tumani. Usmonobod mahalla hududida yashovchi fuqaro E.A IIBga murojaat qilib, unda 1-may kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasida boʻlgan narxi 3.000.000 soʻmlik tilla-taqinchogʻi va 1.300.000 soʻm pullarini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni J.Sh sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech