Oltiariq tumanida xonadonga oʻgʻirlikka tushgan shaxs fosh boʻldi
Oltiariq tumani. Yangiarab mahalla hududida yashovchi Q.B IIBga murojaat qilib, unda 12 yanvar kunidan 13 yanvar kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida nomaʼlum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadonida boʻlgan umumiy narxi 1.900.000 soʻmlik bir dona gaz ballon, bir dona svarka apparati, bir dona suv nasosini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni S.R sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati