Oltiariq tumanida xonadondan televizor va tilla-taqinchoqlarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Oltiariq tumani. 30-avgust kuni Yangichek MFY hududida yashovchi N.D. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 26-avgust kunidan 28-avgust kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidan jami narhi 6.500.000 soʻmlik ikki dona tilla uzuklari, bir dona tilla zanjiri hamda mehmonxonasidan narhi 4.500.000 soʻmlik bir dona “SHIVAKI 43” rusumli televizorini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni E.I sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati