24 Fevral 2023 yil 387

Oltiariq tumanida xonadondan marixuana giyohvandlik moddalari topildi

Oltiariq tumani. 2023 yilning 16 fevral kuni tuman IIB JQB va TQKG xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida Qiziltepa mahalla hududida yashovchi Q.M.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tandirxonasida bir dona selofan paket va qogʻoz boʻlagiga oʻralgan “Marixuana” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech