1 Mart 2023 yil 412

Oltiariq tumanida voyaga yetmagan qiz oʻgʻirlikka qoʻl urdi

Oltiariq tumani. Mirfozil mahalla hududida yashovchi fuqaro A.I IIBga murojaat qilib, 2023 yilning 10 fevral kunidan 19 fevral kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida, nomaʼlum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadonidan narxi 1.790.000 soʻmlik “Smart” nomli televizor va 1000 AQSh dollar pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganligini bildirib, nomaʼlum shaxsga nisbatan nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan M.M ismli qiz sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech