Oltiariq tumanida taqiqlangan oʻsimliklarni parvarishlagan ayol aniqlandi
Oltiariq tumani. 2023-yilning 06-iyun kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan “Qoradori-2023” tadbiri davomida, Shodlik mahalla hududida yashovchi T.N ismli ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda tomorqasida 56 tup koʻknori oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati