14 Iyun 2023 yil 372

Oltiariq tumanida taqiqlangan oʻsimliklarni parvarishlagan shaxs fosh boʻldi

Oltiariq tumani. 2023-yilning 03-iyun kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan “Qoradori-2023” tadbiri davomida, Koʻmirchi mahalla hududida yashovchi D.Z.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda tomorqasida 98 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech