15 Dekabr 2022 yil
393
Oltiariq tumanida qoʻshnisini pullarini qoʻlga kiritib, sarflab yuborgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oltiariq tumani.2022-yilning 16-oktabr kuni A.Navoiy mahalla hududida yashovchi Oʻ.M qoʻshnisi I.F.ga fuqaro U.A bilan oʻrtalarida avtomashina oldi-sotdisidan qolgan pullarni undan olib, oila a’zolariga berib qoʻyishligini aytgan. I.F esa vaziyatdan foydalanib U.A.dan 6.400 AQSH dollar pullarni olib, oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati