Oltiariq tumanida qimorxona tashkil qilgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oltiariq tumani. 26-yanvar kuni tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Sertut MFY hududida yashovchi D.J yashash xonadonida tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyini tashkil etib, bir guruh fuqarolarga oʻrtaga pul tikib, oʻyin kartalari yordamida qimor oʻynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ulardan oʻyin kartalari va 716.000 soʻm pullar daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan D.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish)da koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati