Oltiariq tumanida qimorxona tashkil etgan ayol aniqlandi
Oltiariq tumani. 2022-yilning 27-yanvar kuni tuman IIB TEQKG xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Jalayer MFY hududida yashovchi T.D ismli ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadonida tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyini tashkil etib, 30.000 soʻm evaziga qimor oʻynashlari uchun sharoit yaratib, fuqarolarni jalb qilib, uyni maxsus jixozlab, ularga xizmat koʻrsatib, qimorxona tashkil etganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan T.D ismli ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish)da koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati