21 Aprel 2022 yil 609

Oltiariq tumanida qimor oʻyini tashkil qilgan shaxs qoʻlga tushdi

Oltiariq tumani. 16-mart kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Zarxal MFY hududida yashovchi T.B.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadonida qonunga xilof ravishda qimor oʻyinini tashkil qilib, bir guruh fuqarolarga qimor oʻynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, jami qimor uchun tikilgan 1.423.000 soʻm pullar hamda oʻyin kartalari daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan T.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish)da koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech