Oltiariq tumanida pul va tilla-taqinchoqlarni oʻgʻirlagan ayol aniqlandi
Oltiariq tumani. Oltiariq mahalla hududida yashovchi Yu.G ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 27 yanvar kuni nomaʼlum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidagi javondan 5.200 AQSh dollari, 6.950.000 soʻm pullari va narxi 22.000.000 soʻmlik tilla-taqinchoqlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan X.G ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati