Oltiariq tumanida pul va telefon apparatlarini oʻgʻirlagan voyaga yetmagan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oltiariq tumani. Beglar mahalla hududida yashovchi fuqaro Z.A IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 30-may kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi tokchada turgan narxi 4.000.000 soʻmlik, ichida 1.000 yevro puli, narxi 600.000 soʻmlik 1 dona “SAMSUNG GALAXY J-1” rusumli va narxi 300.000 soʻmlik “NOKIA” rusumli telefon apparatlari boʻlgan metaldan ishlangan seyfini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan R.X sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati