Oltiariq tumanida pechka orqasiga marixuana yashirgan shaxs qoʻlga tushdi
Oltiariq tumani.07-mart kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Jarariq MFY hududida yashovchi T.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uyining qurilishi tugallanmagan xonasi ichidagi pechka orqasida “marixuana” giyoxvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati