Oltiariq tumanida oʻtkazilgan profilaktik tadbirlarda nazoratsiz yurgan 10 nafar voyaga yetmaganlar aniqlandi
Prezidentimizning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Oltiariq tuman hududida voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.
Tuman IIB JXX HPB voyaga yetmaganlar bilan ishlash guruhi tomonidan mutasaddi idoralar va jamoat tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda tuman hududida nazoratsiz yurgan 10 nafar voyaga yetmaganlar aniqlanib, ularga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirildi hamda Qoʻqon shahrida joylashgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati