Oltiariq tumanida o'g'irlikka qo'l urgan erkak aniqlandi
Oltiariq tumani.2022 yilning 5 aprel kuni Olmazor MFY hududida yashovchi M.Sh ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma'lum shaxs yashash xonadoniga g'ayriqonuniy ravishda kirib, 7.000.000 so'mlik tilla taqinchoqlarini va 100.000 so'm pullarini o'g'irlab ketganini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni J.Sh sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz, pul mablag'laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati