19 Yanvar 2023 yil 209

Oltiariq tumanida oʻgʻirlik jinoyatini sodir etib tergovdan yashiringan shaxs qoʻlga tushdi

Oltiariq tumani IIB Probatsiya guruhi hamda JQB xodimlari bilan hamkorlikda Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan B.Z.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech