3 Iyun 2023 yil
431
Oltiariq tumanida molxonasida koʻp miqdorda giyohvandlik moddalarini saqlayotgan shaxs qoʻlga tushdi
Oltiariq tumani. 2023-yil 29-may kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tabdir davomida, Gʻayrat mahalla hududida yashovchi A.Sh.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon molxonasida koʻp miqdorda gashish giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati