Oltiariq tumanida institutga kirgizishni bahona qilib, fuqarolarning pullarini qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oltiariq tumani.2022-yilning 08-sentabr kuni Yu.I IIBga murojaat qilib, unda I.I. unga 2.000 AQSH dollari evaziga farzandini Andijon Davlat tibbiyot institutiga oʻqishga olib kirib qoʻyishini aytib aldab, mazkur pullarni olib, shu kungacha qaytarmay oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv ishlari davomida, I.I takroran oʻqishga kirgazib qoʻyishini aytib, D.N. ismli ayoldan 2.100 AQSH dollari, X.N ismli ayoldan 600 AQSH dollari, N.Sh ismli ayoldan 1.200 AQSH dollari miqdoridagi pullarini olganligi ma’lum boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati