Oltiariq tumanida IIO xodimiga pora bermoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi
Joriy yilning 15-aprel kunidan 16-aprel kuniga oʻtar kechasi fuqaro B.T oʻzining yashash xonadonida 3 nafar mahalladoshi bilan tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyini oʻynashganligi holati boʻyicha oʻzi va qolgan sheriklariga nisbatan toʻplangan hujjatlarni tergovga topshirmasdan qonuniy chora koʻrmaslik hamda hujjatlarni yoʻq qilib yuborish evaziga Oltiariq tumani IIB JQB xodimi D.T.ga 1.500000 soʻm pora taklif qilgan.
Fuqaro B.T.ga Oltiariq tumani IIB JQB xodimi D.T tomonidan huquq va majburiyatlari tushuntirilib, harakatida pora berish jinoyati borligi va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir necha marotaba ogohlantirilib, jinoyatdan qaytarishga harakat qilinishiga qaramasdan, fuqaro pora taklif qilishda davom etgan.
Holat yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi IIV SHXBB Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi Departamentning Fargʻona viloyati Oltiariq tuman boʻlimi xodimlari hamkorligidagi tezkor tadbir davomida, fuqaro B.T Oltiariq tumani IIB JQB xodimi D.T.ga 1.500000 soʻm miqdordagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, ushbu pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning Oltiariq tuman boʻlimi tomonidan B.T.ga nisbatan JKinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Oltiariq tuman prokuraturasiga yuborildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati