Oltiariq tumanida elektroskuterni oʻgʻirlagan voyaga yetmagan shaxs aniqlandi
Oltiariq tumani. T.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 7-iyul kuni noma’lum shaxs farzandi voyaga yetmagan M.O.ning Doimobod koʻchasida oqib oʻtgan katta ariqqa choʻmilish uchun borib ariq chetida qarovsiz qoldirgan narxi 415 AQSH dollarlik boʻlgan “Velomaх” nomli elektro skuterini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (Oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan Sh.T sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati