28 Dekabr 2021 yil
729
Oltiariq tumanida “Damas” avtomashinasi piyodani urib yubordi
Oltiariq tumani. 26-dekabr kuni haydovchi voyaga yetmagan A.N “Damas” rusumli avtomashinasini Gʻayrat MFY hududida boshqarib ketayotib, yoʻlni qatnov qismini kesib oʻtayotgan piyodachi D.Q.ni urib yuborishi oqibatida piyoda D.Q tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, yoʻllarda harakatlanganda yoʻl harakati qoidalariga amal qilinmasa, koʻngilsiz holatlar sodir boʻlishi mumkinligini unutmang!
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati