28 Yanvar 2023 yil 401

Oltiariq tumanida bolalar bogʻchasidan 3.000.000 soʻmlik 1 dona televizorini va “Wi-Fi Router” qurilmasini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

Oltiariq tumani. Q.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 20-yanvar kuni noma’lum shaxs X.Olimjon mahalla hududida joylashgan bolalar bogʻchasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, jami narxi 3.000.000 soʻmlik 1 dona televizorini va “Wi-Fi Router” qurilmasini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni O.S va S.M sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech