26 Yanvar 2023 yil 380

Oltiariq tumanida ayolning xonadoniga oʻgʻirlikka tushganlikda gumonlangan shaxslar ushlandi

Oltiariq tumani. Doʻstlik mahalla hududida yashovchi N.O ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 28-dekabr kunidan 09-yanvar kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida, noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadonidan jami narhi 10.000.000 soʻmlik bir dona televizor, bir dona ariston, bir dona gaz plitalarini yashirin ravishda oʻgʻirilab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni D.Sh va S.M sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech