Oltiariq tumanida ayolning sumkasidan plastik kartasini oʻgʻirlab, pul yechib olgan shaxs aniqlandi
Oltiariq tumani. A.Z ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 18-may kuni noma’lum shaxs Shodlik mahalla hududida joylashgan tuman shifoxona binosidagi muolaja xonasida qarovsiz qoldirilgan ayollar sumkasi ichidan boʻlgan tegishli bank plastik kartasini va kartasi maxfiy kodi yozilgan qogʻozi bilan birga turganidan foydalanib, plastik kartasini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hisobida boʻlgan 1.800.000 soʻm pullarni yechib olib, plastik kartasini qaytarib, sumka ichiga tashlab ketganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.B sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati