Oltiariq tumanida ayollar katmonidan pul oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Oltiariq tumani. J.K ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 29-iyun kuni noma’lum shaxs Bugʻdoychi mahalla hududida joylashgan oshxonada unutib qoldirilgan ayollar katmoni ichida boʻlgan 2.500.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (Oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni O.A sodir sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati