18 Iyul 2023 yil 233

Oltiariq tumanida 330 AQSH dollarlik telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Oltiariq tumani. Fuqaro U.R IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 19-iyun kuni noma’lum shaxs, Oltiariq tumani, Sharq MFY, Vodil koʻchasida joylashgan choyxonasidagi suzish xavzasi oldida qarovsiz qoldirilgan 330 AQSH dollarlik “Redmi Not 12 Pro” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi (Oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni S. sodir sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech