8 Fevral 2023 yil 364

Fargʻona shahrida savdo doʻkondan 1.300.000 soʻm pullarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. O.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 26-yanvar kuni noma’lum shaxs P.Maxmud koʻchasida joylashgan kiyim-kechak savdo majmuasining tegishli savdo doʻkoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, jami 1.300.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan R.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech