Oltiariq tumanida 15.000.000 soʻmlik tosh kesish apparati hamda uning kabellarini oʻgʻirlagan shaxslar qoʻlga tushdi
Oltiariq tumani. Fuqaro A.J IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 26-dekabr kunidan 29-dekabr kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs Mustaqillik mahalla hududida joylashgan MCHJga qarashli yer maydoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, u yerda boʻlgan narxi 15.000.000 soʻmlik tosh kesish apparati hamda uning kabellarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni S.N., S.F va voyaga yetmagan M.I.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati