1 Dekabr 2022 yil
418
Oltiariq tumanida 1 bosh qoramolni aldab qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oltiariq tumani. U.N 2021-yilning noyabr oyida U.N.ni ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan bir bosh qoramolini 16.000.000 soʻmga sotib olishga kelishib, pullarini 6 oy muddat ichida berishini va’da qilib, firibgarlik yoʻli bilan qoramolini qoʻlga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati