27 Mart 2023 yil 353

Oltiariq tumanida “gashish” giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxslar aniqlandi

Oltiariq tumani.2023 yil 15 mart kuni, tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Povulgʻon mahalla hududida yashovchi M.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, mehmonga kelgan B.J.ning egnidagi sport kiyimi choʻntagidan, “gashish” giyohvandlik moddalari, u bilan birga kelgan F.N.ning boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinasi orqa oʻrindigʻidan, “gashish” giyohvandlik moddalari saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech