Oltiariq tumanida plastik kartadan aldov yoʻli bilan pul yechib olgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oltiariq tumani.Fuqaro T.D IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 10-mart kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, plastik kartasiga pul oʻtkazib berishini aytib, tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasini xos raqamini qoʻlga kiritib, plastik kartasida boʻlgan jami 929.625 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan yechib olganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.J sodir etganligi aniqlanib, tergorv harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati