7 Dekabr 2022 yil 434

Oltiariq tumani giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Oltiariq tumani.2022-yilning 25-noyabr kuni Fargʻona viloyati IIB PPX va JTSB PPX bataloni tumanlararo otryadi xodimlari hamda tuman IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Q.R.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon molxonasida koʻp miqdordagi marixuana giyoxvandlik vositasiga saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech