9 Aprel 2020 yil 753

Oltiariqda qurbonli avtohalokat sodir boʼldi

Oltiariq tumani. 03 aprelь kuni T.X. “Nissan” rusumli  avtomashinasida Fayziobod mahallasi hududida boshqarib ketayotib, yoʼl harakat qoidalarini buzib, velosipedchi D.А.ni urib yuborishi oqibatida D.А. shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli haydovchilar!

Yoʼl harakati qoidalariga amal qiling. Qoidalarni buzish ogʼir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti  yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech