Oltiariq tumanida “Nexia-3” rusumli avtomashina salonidan 4.000.000 soʻm pullarini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Oltiariq tumani. 03-yanvar kuni M.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 02-fevral kuni noma’lum shaxs Qapchugʻay MFY hududida “Nexia-3” rusumli avtomashina salonida boʻlgan 4.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganligi ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.H sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati