13 Noyabr 2024 yil
1030
Oltiariq tumani IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori tomonidan profilaktik ishlar olib borildi
Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining 109-sonli farmoyishlariga asosan Oltiariq tumani
IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori tomonidan tumanida joylashgan Yangiqo‘rg‘on
va Yangihayot MFY hududida noqonuniy nikoh asosida yashovchi, himoya orderi olgan,
o‘zaro sudlarda nizolashayotgan hamda muqaddam sudlangan oilalar bilan
mas’ullar ishtirokida profilaktik suhbatlar olib borildi. Suhbat davomida fuqarolarga
nikohni qonuniy rasmiylashtirish yuzasidan huquqiy maslahatlar berilib, ularni qiynab
kelayotgan muammolari yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.
Bundan
tashqari kelgusida huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etishini oldini olish maqsadida
rasmiy ogohlantirildi.
Farg‘ona
viloyati IIB Axborot xizmati