29 Mart 2024 yil 1104

Oltiariq mfy.da hududida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan mahalla faollari ishtirokida yig‘ilish muhokamasi bo‘lib o‘tdi 

Oltiariq tumanida joylashgan  Yangihayot hamda Oltiariq mfy hududlarida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan Oltiariq tumani IIB HPX xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori va mahalla faollari ishtirokida yig‘ilish muhokamasi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilish davomida tuman hududida sodir etilgan jinoyatlar, oilaviy ajrimlar hamda tarbiyasida salbiy o‘zgarish mavjud bo‘lgan voyaga  yetmagan qizlar yuzasidan keraklicha ma’lumotlar berilib tushuntirish ishlari olib borildi.

Bundan tashqari jamiyatdagi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan hamda alohida toifada turuvchi, uzoq muddatga ishlash uchun chiqib ketgan xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mahalla yettiligiga topshiriqlar berib o‘tildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech