Oltiariq tumanida meva saqlash omboridan 23.865.000 soʻmlik sabzi mahsulotlarini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Oltiariq tumani. Fuqaro M.X IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 02 fevral kunidan 03 fevral kuniga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs Qapchugʻay mahalla hududida joylashgan meva saqlash omboriga gʻayriqonuniy ravishda kirib, ombordan jami narxi 23.865.000 soʻmlik sabzi mahsulotlarini yashirin ravishda oʻgʻirilab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni F.I sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati