14 Sentyabr 2022 yil 678

Oliygohda Xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va qoʻllab- quvvatlash mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Fargʻona davlat universiteti tabiy fanlar fakulteti xotin-qizlar kengashi, viloyati IIB, JXX HPB Xotin-qizlar masalari boʻyicha boʻlimi xodimlari hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda fakultetning bakalavriat va magistratura talabalari ishtirok etdilar.

Unda, respublikamizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar unumli foydalanish bilan bir qatorda ayollarni tazyiq va zoʻrovonlikdan himoya qilish va himoya orderi haqida tushunchalar berildi. Bu masalada har bir talaba-qiz befarq boʻlmasligi kerakligi ta’kidlandi. Ayollarning mehnat va turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, oilani mustahkamlashdagi oʻrni xususida soʻz borar ekan eng avvalo xotin-qizlar oʻz huquq va majburiyatlarini toʻgʻri anglagan holda ish koʻrishi lozimligi tushuntirildi. Ularning huquqlari hamisha davlat ximoyasida deyildi tadbirdi.

Tadbir soʻngida tazyiq va zoʻravonlikni oldini olishga qaratilgan videolavha namoyish qilindi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech