7 Iyul 2025 yil 177

Toshloq tumanida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va oilaviy jinoyat hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i, viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman Oqila ayollar harakati a’zolari, mahalla otinoyilari hamda xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar.

Muloqot chog‘ida probatsiya nazoratidagi ayollar, oilaviy zo‘ravonlik sodir etgan hamda himoya orderi berilgan fuqarolar ham qatnashib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Tadbir davomida oilaviy muhitda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech