18 Avgust 2025 yil 24

Oilabay profilaktika tadbirlari doirasida oilalarda tushuntirish ishlari olib borildi

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i general-mayor A. Ikramovning 89-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida "Oilabay profilaktika" tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi JKning 126¹-moddasi (Oilaviy-maishiy zo‘ravonlik) bilan bog‘liq holatlar qayd etilgan oilalarda sharoit o‘rganilgan.

Marg‘ilon shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda shahar IIB JXX HPB XQMB katta inspektorlari ishtirokida ushbu oilalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, qayta tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, oilaning muqaddas dargoh ekanligi haqida tushuntirish va profilaktika ishlari amalga oshirilgan.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech