21 Iyul 2022 yil 334

Oila va xotin-qizlar boshqarmasining kengaytirilgan yigʻilishida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish masalasi muhokama qilindi

Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-sentabrdagi "Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilingan boʻlib, unda sektor rahbarlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar ishtirokida jinoyatlarning sabablari, sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish masalalarini joyiga chiqqan holda "mahallabay" va "sohabay" muhokama qilish tartibi belgilangan.

Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar oila va xotin-qizlar boshqarmasining kengaytirilgan yigʻilishida muhokama qilindi. Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va tegishli mutaxassislari ishtirok etdilar.

Ta’kidlanganidek, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan ushbu masalaga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti. Oʻrganish davomida ayollar tomonidan sodir etilgan hamda oila-turmush munosabatlari doirasida yuzaga kelgan jinoyatlar muhokamasining 98 tasida mazkur boshqarmasi va uning joylardagi vakillari qatnashmagan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ayollar va oila-turmush doirasida sodir etilayotgan jinoyatlarning kelib chiqishiga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida oʻzaro fikr almashildi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalarning oʻzaro hamkorligini ta’minlash, “fuqarobay”, "mahallabay", "sohabay" muhokamalarni tizimli tashkil etish, ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning asl sabablarini oʻrganish hamda bartaraf etish borasida zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech